Isroildan O‘zbekistonga uchadigan aviaqatnovlar bekor qilinmagan – Elchixona
O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi. Unda Isroildan O‘zbekistonga aviaqatnovlar haqida ma’lumot beriladi.
«Hozirgi kunga qadar Isroildan O‘zbekistonga uchadigan avia reyslar bekor qilingani yo‘q. Ketish istagidagilar bemalol aviachipta olib uchishlari mumkin. O‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beriladi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Elchixona, shuningdek, jamoatchilikdan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yaqinlari, do‘stlari yoki tanishlari yo‘qolgani, yaralangani va boshqa ma’lumotlar haqida konsullik bo‘limini o‘z vaqtida xabardor qilishlarini so‘ramoqda.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun esa telefon raqamini qoldirgan (+972 54 485 1397).
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8-oktyabr kuni ham «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Airbus-A321 samolyoti HY301 Toshkent–Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovini amalga oshirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter