Sammit sabab Toshkentda qator ko‘chalar 2 kunga yopiladi (ro‘yxat)
Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 8-10-noyabr kunlari quyidagi yo‘nalishlarda transport harakati cheklanadi:
- Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;
- Nukus ko‘chasi — Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
- Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
- Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
- Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
- Furqat — Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov — Beshyog‘och chorrahasigacha;
- Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter