Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratishda ayrim o‘zgarishlar kutilyapti

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratishda ayrim o‘zgarishlar kutilyapti

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi sakkizinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Amaldagi tartib bo‘yicha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi. Shuningdek, YaIDXPda onlayn elektron shaklda ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishni istagan ehtiyojmand oila (xotin-qizlar)ning og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar toifasiga mansubligini tasdiqlaydi.

Taklif etilayotgan tartibda esa yuqoridagi «to‘liqsiz oila» tushunchasiga izoh berib ketilyapti. Ya’ni, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni «farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayapti» deb topish uchun, ular «nikohi bekor qilinganligiga ikki yil bo‘lgan va umumiy ro‘zg‘or asosida er-xotin bo‘lib yashamayotgan» bo‘lishlari kerak. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bildirishicha, mazkur tartib hozirda mas’ul tashkilotlarni chalg‘itish orqali turmush o‘rtog‘i bilan nikohini bekor qildirib, subsidiya olish orqali uy-joyga ega bo‘lish, kasb-hunarli bo‘lishga urinishlar ortidan qabul qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring