Ikki o‘zbekistonlik bir nafar Qirg‘iz fuqarosini o‘g‘irlab, oilasidan pul talab qilgan
Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bir nafar qirg‘izistonlikni o‘g‘irlab, uni 5 oy garovda ushlab turgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumot qilinishicha, joriy yilning 28-fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi MXXga murojaat qilib, akasining O‘zbekistonda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, garovda ushlab turilganini ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro 2022-yilning 23-oktyabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ala-Buqa tumanidagi «Baymak» nazorat-o‘tkazish punkti orqali aldov yo‘li bilan O‘zbekistonga olib o‘tib ketilgan. Uni o‘g‘irlab ketgan shaxslar fuqaroni 5 oy mobaynida garovda ushlab turgan va uning ozod etilishi evaziga yaqin qarindoshlaridan 50 ming dollar talab qilishgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2023-yil 7-mart kuni o‘g‘irlab ketilgan shaxs Qirg‘izistonga yetkazilib, qarindoshlariga topshirilgan.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qirg‘iziston fuqarosini o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, Namangan viloyatida tug‘ilgan ikki fuqaroni qo‘lga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter