Hokimlarni lavozimiga tayinlashning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda
Adliya vazirligi hokimlarni lavozimiga tayinlash va nomzodini ilgari surishni demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishni taklif qilmoqda.
Vazirlik bu borada tegishli qonun loyihasini ham ishlab chiqqan.
Unga ko‘ra:
– hokimlikka nomzodlar xalq deputatlari Kengashlariga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan siyosiy partiya a’zolari orasidan taklif etish;
– nomzod aholini qiynayotgan ustuvor muammolarni hal etishga hamda cheklangan resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etishi;
– nomzod xalq deputatlari Kengashlari deputatlari umumiy sonining kamida 2/3 qismidan iborat ko‘pchiligi yoqlab ovoz berilganda ma’qullangan hisoblanishi;
– ma’qullangan viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqilishi va lavozimga tayinlanishi;
– ma’qullangan tuman va shahar hokimligiga nomzod viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqilishi hamda lavozimga tayinlanishi taklif etilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter