Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hokimiyatdagi hamma xodimni ishdan oldim. Qibrayga ham toza havo kirsin» – Zoir Mirzayev

«Hokimiyatdagi hamma xodimni ishdan oldim. Qibrayga ham toza havo kirsin» – Zoir Mirzayev

Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tuman hokimiyatidagi barcha xodimlarni nega ishdan olganiga izoh berdi.

«Men nimaga Qibrayda sessiya bo‘lganda, tuman hokimiyatidagi hamma xodimni ishdan bo‘shatib tashladim. O‘rinbosarlarning hammasi ishdan olindi.

Ertalabdan beri menga Feysbukdan kimni (Qibrayga) olib kelasiz deb, kesatib yozyapti. «Qo‘rqma, Qibrayni yigitlarini, qizlarini olib kelamiz», deb yozdim ularga», – deydi viloyat hokimi.

Viloyat hokimining ta’kidlashicha, tumandagi mas’ullar yerni sotish va qarorlarni «poddelka» qilishni o‘ziga kasb qilib olgan.

«Endi mayli, ular ko‘pchilikka ma’qul kelgandir. Kechirasiz-u, yer sotishni kasb qilgan bo‘lsa, qarorni «poddelka» qilishni kasb qilgan bo‘lsa, endi tuman hokimi shuning uchun javob beryapti.

Umuman ma’lumotlar to‘g‘ri kelmaydi. Ariza va shikoyatlar bilan qanoatlashtirish darajasi 28 %. Arizaga javob bermagan. Investitsiya dasturiga kirgan ob’yektning nazorati yo‘q. Maktab, bog‘chalar ustidan nazorat yo‘q, hamma narsa gapda faqat. Bittasiga tegsez, 90 ta odam telefon qiladi. Men kecha telefon qilganlarga «Sal Qibrayga ham toza qon, havo kirsin-chi», deb aytdim», — deydi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgust kuni Adliya maslahatchisi Rashidov Muzaffar Abrorovich Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlangan edi.

Tumanning sobiq hokimi Miragzam Mirkasimov investitsiya, sanoat sohasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari bois davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda lavozimidan ozod qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring