Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayit kuni Surxondaryoda tadbirkor 40 ta ehtiyojmand oilaga uy hadya qildi

Hayit kuni Surxondaryoda tadbirkor 40 ta ehtiyojmand oilaga uy hadya qildi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Taroqli mahallasida ikkita ko‘p qavatli uyni mahalliy tadbirkor o‘z hisobidan bunyod etib, muborak Ramazon hayiti kuni uy-joyga muhtoj 40 ta oilaga hadya qildi.

Ikkita ko‘p qavatli uydagi xonadonlar ikki va uch xonali bo‘lib, ularning har biri yuksak did bilan zamonaviy usulda jihozlangan.

Viloyat hokimi U.Qosimov prezident nomidan xonadon kalitlarini o‘z egalariga topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Saxovatpesha tadbirkor o‘tgan yili ham tumandagi 27 ta kam ta’minlangan uy-joyga muhtoj oilaga kottej uy qurib, hadya qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring