Hafta so‘ngida O‘zbekistonga yana sovuq havo oqimi kirib kelyapti – O‘zgidromet
O‘zgidromet joriy yilning 20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 20-21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter