«G‘ishtko‘prik» bojxona posti yanada kengaytiriladi
O‘zbek-qozoq chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» bojxona posti hududi qariyb 2 gektarga kengayadi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning joriy yil 26-yanvardagi tegishli qaroriga ko‘ra, Toshkent tumani «G‘ishtko‘prik» agrofirmasi massividagi 197q, 198q, 200q-konturlarda joylashgan 1,81 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan davlat zaxirasidagi yer maydoni «G‘ishtko‘prik» chegara postini kengaytirish va loyiha hujjatlari asosida qo‘shimcha bino-inshootlar qurish uchun ajratildi.
Shuningdek, qarorda, mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlarini amalga oshirish belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter