Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish uchun mablag‘ ajratadi

Germaniya O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish uchun mablag‘ ajratadi

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi nomidan «KfW» banki O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 45 million yevro miqdoridagi imtiyozli kredit va 5,5 million yevro miqdoridagi grantni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Bu haqdagi ma’lumot Germaniyaning «KfW»  davlat banki saytida e’lon qilingan.

Mazkur kelishuvdan maqsad O‘zbekiston aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha raqamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda uning ma’muriy jarayonlarini tartibga solish uchun raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun milliy sog‘liqni saqlash platformasini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi ta’kidlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu tibbiy xodimlar uchun axborot texnologiyalaridan ta’lim berish va bemorlarning elektron yozuvlari kabi diagnostika va davolashni tezlashtiradigan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Butun ma’lumotlar bazasini raqamlashtirish, shuningdek, tibbiy asboblarga texnik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish imkonini beradi.

«O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular ayniqsa koronavirus inqirozi davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Samarali IT infratuzilmasini yaratish orqali sog‘liqni saqlash tizimini sezilarli darajada yaxshilash mumkin. Bu, ayniqsa, aholining kam ta’minlangan qatlamlari uchun juda muhim», – deya «KfW Bankengruppe» boshqaruv kengashi a’zosi Kristian Laibach so‘zlardan iqtibos ketiradi manba. 

Qayd etilganidek, raqamlashtirish ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi hamda sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatda barqaror moliyalashtirishni ta’minlaydi. «Moliyalashtirilgan islohot dasturi 2030 yilgi kun tartibini, xususan, «Salomatlik va farovonlik» Barqaror rivojlanish maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi», – deb yozadi «KfW».

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring