Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Furqat Sidiqov okeanortidagi uchinchi davlatga ham elchi etib tayinlandi

Furqat Sidiqov okeanortidagi uchinchi davlatga ham elchi etib tayinlandi

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi.

«Dunyo» AA bergan ma’lumotga ko‘ra, Kanada bilan bog‘liq diplomatik masalalar Vashingtondagi qarorgohda ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, Furqat Sidiqov may oyida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga  ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan.

Furqat Sidiqov  2017-2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, shuningdek, o‘rindoshlik asosida  Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Javlon Vaxobov o‘rniga tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring