Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqaroning mashinasini olib qochgan to‘rt «shovvoz» topildi

Fuqaroning mashinasini olib qochgan to‘rt «shovvoz» topildi

Joriy yilning 26-fevral kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroning «Gentra» rusumli avtomobilini yashash xonadoni oldidan olib qochgan shaxslar topildi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Asaka tumanida yashovchi 23 yoshli S.Q. va 31 yoshli Q.I.lar ikki nafar tanishlari bilan birga sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, yuqoridagi shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, IIOga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring