Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerdan garov ta’minoti asossiz talab qilingan – Biznes vakil devoni

Fermerdan garov ta’minoti asossiz talab qilingan – Biznes vakil devoni

Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes vakil) devoniga Bo‘ka tumanida ro‘yxatdan o‘tgan fermer xo‘jaliklaridan biri imtiyozli kredit masalasidagi muammo bilan murojaat qildi.

Murojaatda fermer xo‘jaligi 2024-yil paxta va g‘alla hosili uchun imtiyozli kredit ajratilishini so‘rab tijorat banklariga qilgan murojaatini hal etishda amaliy yordam so‘ragan.  

Arizani o‘rganish jarayonida, haqiqatdan ham fermer xo‘jaligidan asossiz ravishda garov ta’minoti talab etilganligi, fyuchers shartnomlari asosida ajratiladigan imtiyozli kredit bo‘yicha garov  ta’minoti talab qilinmasligi bildirilganda esa, resurs mablag‘lari yo‘qligini bahona qilgan holda kreditni ajratish paysalga solib kelinayotganligi aniqlandi.

Biznes vakil devoni, tijorat bank mas’ullari va  fermer xo‘jaligi rahbari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida fermer xo‘jaligiga belgilangan tartibda 200 million so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘tkazib berish masalasi ijobiy hal etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring