Farg‘onada talonchilik qilgan bir guruh shaxslar ushlandi
Farg‘ona tumanida talonchilik qilgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 06 fevral kuni soat 13:00 larda A.A va L.L.lar bir guruh bo‘lgan holda tanishi K.S.ni Yambaroq MFY hududiga olib kelishib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urishib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib jami 3.400.000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a.b» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter