Farg‘onada jinoiy guruhlarga aloqadorlikda gumonlanib 25 kishi ushlandi
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlarida 298 nafar vaziyatga salbiy tasir ko‘rsatuvchi shaxslarning yashash manzillarida kompleks o‘rganishlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida 96 ta jinoyatlar aniqlangan.
Shuningek, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida, 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroqlar, 221 ta o‘q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Jumladan, Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.
Shuningdek, joriy yilning 9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg‘ilon shahar Guliston MFY B.Marg‘iloniy tor ko‘chasi 11-uyda yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan, tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich, shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter