Farg‘onada issiqxonasida ko‘knori yetishtirayotgan «dehqon» fosh qilindi

Farg‘ona viloyat Oltiariq tumanida tomorqasidagi issiqxonada ko‘p miqdordagi ko‘knori giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs aniqlandi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 18-mart kuni Farg‘ona viloyat IIB, DXX hamda Oltiariq IIB tezkor xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda «Chinortagi» MFY da yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi tomorqasida joylashgan issiqxonada jami 1 800 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, mazkur uyning og‘ilxonasida quritilgan holdagi 6 kg ko‘knori giyohvandlik moddasining quritilgan poyalarini saqlayotgani fosh bo‘lgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter