Farg‘onada ham «tozalash»: 22 kishi, jumladan, MMA jangchisi ham qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati bo‘yicha «kriminogen muhitda mavqega ega bo‘lgan» 248 nafar shaxslarning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda vilot IIBB xabar bermoqda.
Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan 106 ta tezkor qidiruv tadbirlarida jami 66 ta jinoyat aniqlangan.
Jumladan, mazkur tadbirlar davomida, 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari: 78 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda 41 ta qurol, o‘q dorilar va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolar olindi.
Shuningdek, 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar qo‘lga kiritildi.
Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan 22 nafar shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.
Misol uchun, joriy yilning 22-noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzaraximov o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘tkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qo‘lga olinib, jazo muqarrarligi ta’minlangan.
Joriy yilning 27-noyabr kuni esa, sportning jangovar turi bilan shug‘ullangan H.To‘xtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli xil tezkor vaziyatga salbiy ta’sir qiluvchi shaxslarni yig‘ib, Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda, tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlangan.
Shuningdek, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yo‘llar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qo‘lga olinib, tergov organlariga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Toshkent shahrida ham jinoyat olamining taniqli shaxslari, jumladan, Baxtiyor Qudratullayevning qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter