Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati hokimi 3 nafar bokschiga uy sovg‘a qildi

Farg‘ona viloyati hokimi 3 nafar bokschiga uy sovg‘a qildi

Xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etgan 54 nafar farg‘onalik sportchiga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda sovg‘alari topshirildi.

Jumladan, boks bo‘yicha jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, jahon chempionati sovrindorlari Lazizbek Mullojonov va Navbahor Hamidovalarga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududidan xonadon ajratish sertifikatlari taqdim etilgan.

Mamlakat tarixida ilk bor kamondan otish bo‘yicha Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan kamondan o‘q otish bo‘yicha Osiyo kubogi sohibasi Ziyodaxon Abdusattorova, Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan IV Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi sohiblariga aylangan Mohigul Hamdamova, Yorqinbek Odilov, Dilafruz Ahmadjonova, Azizbek Abdulhabibovlarga 50 million so‘mdan, IV Para Osiyo o‘yinlari chempionlari Irodaxon Rustamova va Shahinaxon Yigitaliyevalarga 40 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Sportning turli yo‘nalishlarida joriy yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo va jahon chempionatlarida, IV Para Osiyo o‘yinlarida sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan qator sportchilar 10 million so‘mdan 20 million so‘mgacha miqdorda pul mukofotlariga ega bo‘ldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring