Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona va Xorazmda qator tibbiyotchi rahbarlar ishdan olindi

Farg‘ona va Xorazmda qator tibbiyotchi rahbarlar ishdan olindi

Ayni damda Sog‘liqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazir A.Inoyatov raisligida boshlangan yig‘ilishda tizimdagi rahbar xodimlar ishtirok etmoqda.

Vazir olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’ruza qilib, ularni tanqid ostiga oldi.

Shundan kelib chiqib, davolash-profilaktika ishlarini talab darajasida tashkil etmagani, tibbiyot brigadalari faoliyatini tashkillashtirishda nazoratni susaytirgani, aholi reproduktiv salomatligi ko‘rsatkichlarining yomonlashgani uchun yig‘ilishda ayrim rahbarlar ishdan olingani aytildi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Yusupov hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Arabov, Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Oripov va O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X.Qurbonov, Xiva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Jumaniyozova, Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o‘rinbosari A.Ibodullayev, Xorazm viloyati Tez tibbiy yordam markazi direktori U. Matyakubov, RShTIYoM Xorazm filiali direktori o‘rinbosarlari B.Yusupova va B.Masharipovlar egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring