Ertaga poytaxtning ayrim markaziy ko‘chalari yopiladi

Ertaga, 5-mart kuni poytaxtda «Xavfsiz hayot uchun» aksiya doirasida velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan soat 06:00 dan 11:00 gacha quyidagi ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi:
- Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
- Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
- Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
- Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorraxasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.
Shuningdek, 4-mart kuni soat 18:00 dan 5-mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha harakat cheklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter