Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi va «Gazprom» hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

Energetika vazirligi va «Gazprom» hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va «Gazprom» rahbari Aleksey Miller o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida gaz sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzolagan. 

«Tomonlar o‘zaro hamkorlikning dolzarb va istiqbolli masalalarini ko‘rib chiqdilar», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvarda rus kompaniyasi Qozog‘iston tomoni bilan ham xuddi shunday hujjatni imzolagan edi.

Avvalroq esa Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan uch tomonlama gaz ittifoqi tuzish bo‘yicha harakatlarni boshlagani ma’lum qilingan, vazir Mirzamahmudov esa bu qandaydir ittifoq ko‘rinishida emas, balki «import shartnomalari orqali sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borish» fonida yuz berishi mumkinligini aytgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring