Energetika sohasida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi
Kecha, 17 aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasida energetika sohasidagi strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar yangi tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini yangilashning zamonaviy va samarali texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish, iste’molchilarning elektr va issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan bir nechta loyihalarni ko‘zdan kechirishgan. Jumladan:
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish (Navoiy-3) investitsiya loyihasi doirasida bosh pudratchi «Mitsubishi Corporation Mitsubishi Power Ltd» konsorsiumi o‘z takliflarini taqdim etganligi aytib o‘tilgan.
Janob Takashi Xatori energetika sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, «Sumitomo», «Isuzu», «Mitsui» va boshqa yirik kompaniyalar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.
Uchrashuvda Energetika vaziri J.Mirzamahmudov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter