Endi maktab darsliklari uchun ijara pulini davlat to‘lab beradi
Joriy yil 26-may kuni imzolangan Prezidentning tegishli farmoni bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatiladi.
Jamg‘arma 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash hamda o‘quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi sababli tugatilmoqda.
Bunda, Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilib, Davlat budjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter