DXX terrorizmni moliyalashtirmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi
Davlat havsizlik xizmati Moskvaga ishlash uchun borib, tarmoqlar orqali Suriyadagi terroristik tashkiloti a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularga yordam berish uchun «moliyaviy jihod» qilishga ahd shaxslarni qo‘lga oldi.
Qayd etilishicha, qo‘qonlik K.Hasanov 2019-yilda Moskvaga ishlash uchun borib, tarmoqlar orqali Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularga yordam berish uchun «moliyaviy jihod» qilishga ahd qiladi. Qo‘qonda yashovchi tanishi S.Zokirovni ham Suriyadagi birodarlarga moddiy yordam berishga undagan. U O‘zbekistonda yashovchi shaxslarni «moliyaviy jihod»ga chorlashi va ular bergan pullarni Suriyadagi terrorchilarga yuborishi kerak bo‘lgan.
Topshiriqga ko‘ra, S.Zokirov «Telegram» orqali Suriyaning Idlib shahrida yashovchi shaxs bilan bog‘lanib, unga 50 ming AQSh dollari yuborishni rejalashtirgan.
DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.Zokirov bu pul mablag‘ini yubormoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
K.Hasanov xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
K.Hasanov 8 yil, S.Zokirov esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter