Terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi
Xorazm viloyatida yashovchi 23 yoshli Aziza Sobitova (ism familiyasi o‘zgartirilgan) internet tarmog‘idan foydalanishi davomida Suriya davlatidagi xalqaro terroristik tashkiloti «jangari»larining ta’siriga tushib, ularning safiga chiqib ketayotgan vaqtda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, A.Sobitova o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, internet tarmog‘i orqali ularga «jangari»larning qo‘poruvchilik faoliyati aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgan.
A.Sobitovaga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter