Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Toshkent va Samarqandda ta’magir advokatlarni jinoyat ustida qo‘lga oldi

DXX Toshkent va Samarqandda ta’magir advokatlarni jinoyat ustida qo‘lga oldi

DXX tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida advokatlar faoliyatidagi noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati, 1985-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorga MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga 23 ming dollar talab qilib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.

Shu bilan birga, poytaxtda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi advokatlik firmalaridan birining advokati fuqarodan 12 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, advokat go‘yoki sud idoralaridagi mansabdor tanishlarining imkoniyati orqali fuqaroning turmush o‘rtog‘iga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengil turdagi jazoga o‘zgartirib berish evaziga 9 ming dollar hamda fuqaroga muqaddam yuridik xizmatlarni ko‘rsatganligi uchun advokatlik to‘lovlarini amalga oshirgan bo‘lishiga qaramasdan, sudga harajat qilganligini ro‘kach qilib, ta’magirlik yo‘li bilan qo‘shimcha 3 ming dollar talab qiladi.

Bundan tashqari, Samarqand shahridagi advokatlik firmasi advokati sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroning Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan boshqa yengilroq jazoga almashtirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 10 ming dollar berishni talab qiladi. DXX tomonidan IJQK departamenti hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring