Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX: Qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

DXX: Qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan biriga 10 ming, ikkinchisiga esa 4 ming, jami 14 ming qalbaki AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1986 va 1989 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs xaridorga qalbaki 10 ming AQSh dollarini 5 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular qalbaki 8300 AQSh dollarini berib va qolganini tez kunda yetkazishlarini aytib, 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln. so‘m qalbaki pullarni 160 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do‘koni binosi ko‘zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so‘mlik, 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona oq qog‘ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring