Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbega qatnovchi yo‘lovchi poyezd chiptalariga chegirma joriy qilindi

Dushanbega qatnovchi yo‘lovchi poyezd chiptalariga chegirma joriy qilindi

«Dushanbe – Toshkent – Dushanbe» yo‘nalishidagi 301/302-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdning chiptalariga chegirmalar joriy qilindi.

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va  «Rohi ohani Tojikiston» DUK rahbariyatlari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qatnovchi halqaro yo‘lovchi poyezdlarning chiptalar narxini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra, 2022-yil 6-sentyabrdan boshlab, 301/302-sonli «Dushanbe – Toshkent – Dushanbe» yo‘nalishidagi halqaro yo‘lovchi poyezdining chiptalariga belgilangan chipta narxining tarif qismiga qo‘shimcha 20 foiz chegirma berilishiga qaror qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring