Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar Toshkentda tezlikni 60 km/soatgacha cheklash masalasini ko‘rib chiqishni boshladi

Deputatlar Toshkentda tezlikni 60 km/soatgacha cheklash masalasini ko‘rib chiqishni boshladi

Bugun, 10-oktyabr kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yetmish birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur sessiya ishida, jumladan, Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining yuqori tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahridagi o‘quv muassasalarida 2022-2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risidagi, Toshkent shahar mahalliy budjetining 2022-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining saylangan okruglaridagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflariga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar ham sessiya kun tartibidan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat rahbari yil boshidagi yig‘ilishlardan birida poytaxt markazida transport tezligi 50−60 km/soatdan oshmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.

Avvalroq esa, avtotransport vositalarining harakatlanish tezligi Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida soatiga 60 km.ga, markaziy ko‘chalarda esa soatiga 50 km.gacha tushirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring