Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat hisobiga musodara qilingan mol-mulklar elektron auksion orqali sotiladi

Davlat hisobiga musodara qilingan mol-mulklar elektron auksion orqali sotiladi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4-oktyabrdagi 526-son qarori bilan «Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida «E-auksion shop» elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida «E-auksion shop» elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.

Savdoda ishtirok etish uchun buyurtmachi (Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan tanlab olingan savdo tashkilotlari hamda «Bojxona-servis» davlat muassasasi yoki uning hududiy bo‘limlari) va ishtirokchi savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tadi.

Savdoda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi.

Ishtirokchilarning savdoda ishtirok etish bo‘yicha arizalari elektron do‘konda xabarnoma joylashtirilgan kundan savdo yakunlangunga qadar avtomatik tarzda qabul qilinadi.

Savdo qadami:

  • birinchi to‘rtta qadamda - savdo ob’yekti boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida;
  • beshinchi va undan keyingi qadamlarda - savdo ob’yekti boshlang‘ich narxining 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Boshlang‘ich narxi xabarnoma joylashtirish paytida BHMning ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan savdo ob’yekti realizatsiya qilingan taqdirda, savdoning barcha qadami, savdo ob’yekti boshlang‘ich narxining 2 foizi miqdorida belgilanadi.

Dastlabki savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma joylashtirilgan vaqtdan 30 kalendar kun davomida savdo ob’yekti sotilmasa, avtomatik tarzda savdo ob’yekti buyurtmachiga qaytariladi.

Savdo ob’yekti dastlabki savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma joylashtirilgan vaqtdan 2 oy mobaynida sotilmagan taqdirda, buyurtmachi Byuro bilan kelishilgan holda savdo ob’yektining boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich, lekin boshlang‘ich narxining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorgacha pasaytirgan holda takroriy savdolarni tashkil etishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring