Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dala puli» kimlarga beriladi?

«Dala puli» kimlarga beriladi?

Mehnat kodeksi 288-moddasi (Ish sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lganda, shuningdek dala sharoitlarida va vaxta usulida ishlanganda kompensatsiya to‘lovlari)ga ko‘ra, dala sharoitlaridagi ish uchun dala nafaqasi quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi:

  • bevosita dala ishlari o‘tkaziladigan obektlarda, tashkilotning daladagi bazaviy shaharchasidan tashqarida ishlaganda – kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti foizi;
  • tashkilotlarning daladagi bazaviy shaharchalarida bajariladigan ish uchun – kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki foizi.

Bundan tashqari, dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish va qo‘shimcha xarajatlarining o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 iyuldagi 190-son qaroriga ilova «Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom dala sharoitlarida geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda boshqa ishlarni bajaradigan tashkilotlar (korxonalar) xodimlariga dala ustamasi to‘lashning umumiy tartibini va miqdorlarini belgilaydi.

Muhammadamin KARIMJONOV,
TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring