«Dafn puli»ni olish uchun qancha muddat ichida murojaat qilish kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-son qaroriga 5-ilova «O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti» vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsga o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish, o‘limni qayd qilish, vafot etgan shaxsni dafn qilish uchun qabristonga ma’lumotnoma berish va dafn etish uchun nafaqa berish bo‘yicha kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Dafn etish uchun nafaqa pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 4 baravari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi (pensiyani hisoblash bazaviy miqdori hozirda 372 ming so‘m etib belgilangan).
Ariza beruvchilar FHDYo bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatgan holda, o‘lim holati qayd qilingandan boshlab 60 kun muddat ichida dafn etish uchun nafaqa pulini olish maqsadida tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Dafn etish nafaqasini olish uchun murojaat qilgan shaxs – agarda uning bunga huquqi bo‘lmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, nafaqani olish uchun fuqaroning o‘limi qayd qilingandan boshlab 60 kundan keyin murojaat qilgan bo‘lsa, dafn etish uchun nafaqa to‘lash rad etiladi.
Muhammadamin KARIMJONOV,
TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter