Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq hokimi Hidoyatovga berilgan takror ta’til yuzasidan munosabat bildirildi

Chirchiq hokimi Hidoyatovga berilgan takror ta’til yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev farmoyishi bilan ta’tildagi Chirchiq shahar hokimiga o‘z hisobidan yana ta’til berilgani mazmunidagi ma’lumot tarqalib, uning mehnat qonunchiligiga qanchalik mosligi savol ostiga olinadi.

Viloyat hokimligi mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida rasmiy tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, haqiqatan ham Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov  viloyat rahbarining 2022-yil 15-sentyabrdagi 322-10-0-F/22-sonli hamda 2022-yil 27-sentyabrdagi 330-10-0-F/22-sonli farmoyishlari asosida mehnat ta’tiliga chiqarilgan.

O‘zbekiston qonunchiligida «xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkinligi, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanishi, biroq u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerakligi» belgilangan (Mehnat kodeksi 150-moddasi).

Shunga ko‘ra, Chirchiq shahri hokimi D. Hidoyatov viloyat hokimligiga 14-sentyabrdan 16-sentyabr kuniga qadar ish haqi saqlanmagan holda mehnat ta’tili berilishini so‘rab yozma murojaat qilgan.

Viloyat hokimining joriy yil 15-sentyabrdagi Hidoyatovni (o‘z hisobidan) mehnat ta’tiliga chiqishiga doir farmoyishi esa «E-qaror» elektron tizimiga ayrim texnik sabablarga ko‘ra xato kiritilgan.

Belgilangan tartibda viloyat hokimining 27-sentyabrdagi farmoyishi bilan  15-sentyabrdagi 322-10-0-F/22-sonli farmoyish o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish orqali o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan hamda mazkur xatolik mehnat qonunchiligiga muvofiq bartaraf etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring