Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,5 mlrd so‘mlik smartfonlar «qo‘lga tushdi»
Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirilishini fosh qildi.
«Farg‘ona – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi KIA Bongo yuk avtomombili Namangan viloyatiga kirish yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinaning yukxonasida maxsus yasalgan yashirin bo‘shliqlarga joylashtirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 501 million so‘mlik 7 turdagi jami 420 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter