Buxoroda «tuya go‘shti yeb» kelayotgan «dom» kamchiliklari bartaraf etilmoqda
Joriy yil 29-iyul kuni «Xabar.uz»da «Buxoroda eskirayotgan yangi uylar» sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy maqola yuzasidan Kogon shahar hokimligi tomonidan rasmiy munosabat berildi.
Rasmiy munosabat quyidagicha bayon etilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining 8-bandidagi topshiriqqa asosan, Kogon shahar Buxoro shohko‘chasi yo‘lining yoqasida «MAXSUSAVTOQURILISHSERVIS» MChJ korxonasi tomonidan 5 qavatli 24 xonadonli 43-uy va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti 2018-yil 5-noyabrda (tasdiqlangan loyiha-smeta va ekspertiza xulosalariga muvofiq, to‘liq jihozlanmagan holda) qurib foydalanishga topshirilgan.
Rasmiy munosabatga ko‘ra, mazkur uy-joy binosini qurgan «MAXSUSAVTOQURILISHSERVIS» MChJning rahbari bundan uch yil ilgari olamdan o‘tgan. Ko‘p qavatli uy-joy binosida yuzaga kelgan kamchiliklar hozirgi kunda uning o‘g‘li tomonidan bartaraf etilmoqda.
Ushbu ko‘p qavatli uyda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar hozirgi kunga kelib bartaraf etilmoqda. Jumladan:
- Ko‘p qavatli uy-joy binosining atroflari axlatlardan tozalandi.
- Oqava qudug‘ining og‘ziga temir lyuk o‘rnatildi.
- Uyning fasad qismidagi temir narvonlar olindi.
- Uy-joy binosidagi elektr, oqava va ichimlik suv tarmoqlari ko‘zdan kechirilib, nosozliklar to‘liq bartaraf etildi.
- Mazkur uy-joy binosiga 768-sonli transformator uskunasi orqali elektr quvvati bilan ta’minlangan bo‘lib, elektr qurilmalar soz holatda ishlayapti.
Mazkur uy-joy binosi markazlashgan ichimlik suv va oqava tarmog‘iga ulangan bo‘lib, uyning yerto‘la qismidagi nasoslar orqali xonadonlarga bir me’yorda ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Uyning oqava quduqlarining og‘zi temir lyuk bilan yopib berildi.
- Uy-joy binosidagi elektr, oqava va ichimlik suv tarmoqlari ko‘zdan kechirilib, nosozliklar to‘liq bartaraf etildi.
- Mazkur uy-joy binosi 768-sonli transformator uskunasi orqali elektr quvvati bilan ta’minlangan bo‘lib, elektr qurilmalar soz holatda ishlayapti.
- Ushbu ko‘p qavatli uyga gazlashtirish loyiha-smeta xujjatlari asosida gaz quvurlari tortilgan bo‘lib, har bir xonadonga kiruvchi bosh jo‘mraklari o‘rnatilgan. Biroq, murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan 5-qavatdagi xonadon ichiga ham gaz quvuri kiritilgan bo‘lib, xonadon mulkdori tomonidan xonadoniga gaz plitasi va isitish qozoni olib kelinmaganligi sababli gaz xodimlari tomonidan gaz quvuri tamg‘alab qo‘yilgan. (Ushbu xonadon egasi tomonidan gaz jihozlari to‘liq olib kelingandan so‘ng gaz xo‘jaligi xodimlari tomonidan xavfsizlik qoidalari asosida ulab berilishi xonadon mulkdori Tosheva Munavvar opaga tushuntirildi).
Mazkur uy-joy binosini davomli ekspluatatsiya qilish maqsadida Kogon shahar hokimining 2023-yil 27-iyulda tasdiqlangan bayonnomasiga asosan, Kogon shahar hududidagi yangi qurib foydalanishga topshirilgan Buxoro shohko‘chasi 43-uy “Diyora Gulnora” MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga biriktirib berildi.
- Uy-joy binosining kirish qismidagi ta’mirga muhtoj fasad qismini ta’mirlash bo‘yicha «MAXSUSAVTOQURILISHSERVIS» MChJning rahbari olamdan o‘tganligi sababli uning o‘g‘liga topshiriq berilib, fasad qismidagi bajarilishi lozim bo‘lgan ta’mirlashlari alohida nazoratga olindi.
Kogon shahar hokimligi matbuot xizmati
Ma’lumot o‘rnida: Rasmiy munosabat e’lon qilinayotganda, murojaatchilar tomonidan uch yildan buyon «tuya go‘shti yeb» kelayotgan «dom»dagi ayanchli holatlarning uch kunda bartaraf etilishiga hissa qo‘shgan «Xabar.uz» nashriga minnatdorlik bildirildi. Biroq, murojaatchilarning so‘ziga ko‘ra, ta’mirlash va sozlash ishlari bartaraf etilayotgan bir paytda, quruvchi tomonidan uy egalariga tegishli bo‘lgan yerto‘lalar ulardan majburiy tarzda qaytarib olinib, boshqa shaxslarga foydalanish uchun topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga qaytamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter