Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

Buxoroda oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi oilaviy shifokorlik punktlarining birida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro IIB Matubot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Romitan tumani «Mirishkor» mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan N.F. ismli erkak ushbu mahalla hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli «Musicha» oilaviy shifokorlik punkti (OShP)da 2023 yil 11 may kuni soat 01:00 larda boshqa fuqarolar B.Ch. ismli erkakning O.Sh. ismli ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 90 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, alohida xona bo‘shatib, shart-sharoit yaratib bergan va bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring