Buxoroda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi maktab direktori farroshlikka ishga qabul qilish uchun 900 ming so‘m pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Qorako‘l tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining rahbari, «Xo‘jakon» mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan J.F. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, boshqa fuqarolar B.M. ismli erkakni maktab qorovuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilganligi evaziga ushbu maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter