Buxoroda ham xonadonda gaz portladi. 8 yoshli bola vafot etgan
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi (portlashi) oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning tahririyatga ma’lum qilishicha, voqea 16-oktyabr, yakshanba kuni ertalabki soat 08:55 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Aniqlik kiritilishcha, Qorako‘l tumani, Quyi xo‘jalar qishlog‘ida yashovchi N.R.ning uyida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashida 2014-yilda tug‘ilgan, 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan J.S. olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Surxondaryoda ham xonadonlarning birida gaz portlagani va jabrlanganlar haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter