Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro cho‘llariga 1,5 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi

Buxoro cho‘llariga 1,5 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi

Joriy yilgi kuz mavsumida Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi»da ko‘paytirilgan yo‘rg‘a tuvaloqlarning 1500 tasi tur uchun maqbul deb hisoblangan Buxoro viloyatining olis cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.

Qayd etilishicha, 2007-yilda tashkil etilgan mazkur markazda har yili 3-4 mingga yaqin qushlar ko‘paytirilmoqda. Bu yerda inkubatsiya usulida yetishtirilayotgan tuvaloqlar yovvoyi tabiatda yashash, o‘zlarining ozuqalarini topish, yirtqich hayvonlarni tanib olish va ulardan o‘zlarini himoyalash ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishadi.

Qushlarning qo‘yib yuborilishi har yili erta bahorda yoki kuzda, sentyabr oyining o‘rtalarida amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, tuvaloqlarga ularning tarqalishi, omon qolishi va yovvoyi populyasiyaga integratsiyalashuvini vaqti-vaqti bilan o‘rganishni davom ettirish uchun sun’iy yo‘ldosh transmitterlari o‘rnatib chiqilgan.

«Buxorodagi ushbu markazda kelgusida qush turlarini ko‘paytirish, noyob sanalgan jonzotlarni ona tabiat bag‘riga qo‘yib yuborish, bu orqali flora va fauna dunyosini qayta tiklash bo‘yicha ham rejalar ishlab chiqilmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring