Bugun Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» bo‘lib o‘tadi

Bugun, Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 18-noyabr — O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 16-noyabr kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalari kavaleriya bo‘linmalari ishtirokida «Otliq kavaleriya paradi» bo‘lib o‘tadi. Paradga soat 16:00 da start beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter