Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun 42 darajagacha issiq bo‘ladi

Bugun 42 darajagacha issiq bo‘ladi

«O‘zgidromet» bugun, 5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda ba’zi joylarda 41-42° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring