Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bortida 265 yo‘lovchi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sababga ko‘ra bekor qilindi

Bortida 265 yo‘lovchi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sababga ko‘ra bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Istanbul reysi bekor qilingani, 400 nafarga yaqin odam 12 soatdan beri aeroportda kutayotgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan «Uzbekistan Airports» rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan 02:35 da havoga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan. Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirilib, yo‘lovchilar kutish zaliga joylashtirilgan va issiq ovqat bilan ta’minlangan.

Ertalab aviakompaniya ushbu reysni bekor qilishga va yo‘lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring