Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boladan alohida yashayotgan ota(ona)larga qo‘shimcha majburiyat yuklanishi mumkin

Boladan alohida yashayotgan ota(ona)larga qo‘shimcha majburiyat yuklanishi mumkin

Oila kodesiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, kelgusida boladan alohida yashayotgan ota(ona)larga yangi majburiyat yuklanishi mumkin.

Gap shundaki, tegishli qonun loyihasiga ko‘ra, mazkur kodeksning 76-moddasi (Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi) birinchi qismidagi «qatnashish huquqiga ega» jumlasi «qatnashishga majbur» tarzida o‘zgartiriladi.

Ya’ni, ota yoki onalar «boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan muloqot qilish huquqiga ega hamda uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashishga majbur» qilinadi.

Qayd etilishicha, xalqaro tajribada, jumladan, Belarus davlati Oila kodeksining 77-moddasida farzandlaridan alohida yashovchi ota-ona ular bilan muloqot qilish huquqiga ega va ularni tarbiyalashda ishtirok etishga majburdirlar, deb belgilangan.

Xuddi shu qoida Tojikiston Respublikasi Oila kodeksining 66-moddasida farzanddan alohida yashovchi ota-ona bola bilan muloqot qilish huquqiga ega va uni tarbiyalashda, bolaning ta’lim olishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ishtirok etishga majburdir, degan norma mustahkamlab qo‘yilgan.

Mazkur tartib-taomillar boladan alohida yashayotgan ota(ona)ga huquq taqdim etish emas, balki majburiyat yuklashligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring