Biznes-ombudsman tadbirkorning 65 mln so‘mini undirib berdi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga «Nazarbek agro» korxonasi (nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, sud qarori bo‘yicha qarzdor korxonalardan undirilgan qarzdorlik majburiy ijro byurosi tomonidan korxona hisob raqamiga o‘tkazib berilmayotganligi haqida ma’lum qilgan.
Murojaatni o‘rganish davomida xaqiqatan ham korxona tomonidan majburiy ijro byurosiga bir necha marotaba murojaat qilingan bo‘lishiga qaramay, undirilgan mablag‘lar korxona hisob raqamiga o‘tkazib berlimaganligi aniqlangan.
Vakil Devoni xodimlari aralashuvidan so‘ng 65 million so‘mdan ziyod raqam qarzdorlik jamiyatning hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter