Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birja: O‘tgan haftada eng qimmat avtoraqam 182 mln so‘mga sotildi 

Birja: O‘tgan haftada eng qimmat avtoraqam 182 mln so‘mga sotildi 

2022-yil 29-avgustdan 4 sentyabrgacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 8 392 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan bo‘lib, shundan 3 989 tasi jismoniy shaxslar uchun va 4 403 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

O‘zRTXB matbuot xizmatiga ko‘ra, hisobot davrida 1 036 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 2 mlrd 976,1 mln so‘mni tashkil etdi.

Amalga oshgan bitimlarning 83 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (2 mlrd 472,1 mln so‘mga teng 919 ta avtoraqam) va 17 foiz ulushi yuridik shaxslarga (504 mln. so‘mga teng 117 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 2,9 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 606 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 181,8 mln so‘mni tashkil qildi.

Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 468 995 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 447 762 nafari jismoniy shaxslar va 21 233 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring