Bir oyda 4 mingta oila ajrab ketgan – Davstatqo‘m
O‘tgan yilning dekabr oyi mobaynida respublika bo‘ylab qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha kuzatilgan 3 992 ta nikohdan ajralish holatlari rasman FHDYo organlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 taga oshgan.
Hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:
- Toshkent shahri – 501 ta
- Farg‘ona viloyati – 479 ta
- Andijon viloyati – 444 ta
- Namangan viloyati – 399 ta
- Toshkent viloyati – 370 ta
- Samarqand viloyati – 344 ta
- Qashqadaryo viloyati – 252 ta
- Surxondaryo viloyati – 216 ta
- Xorazm viloyati – 210 ta
- Buxoro viloyati – 198 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 155 ta
- Jizzax viloyati – 149 ta
- Sirdaryo viloyati – 144 ta
- Navoiy viloyati – 131 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter