Baydenning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvi kutilyapti
AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta C5+1 formatidagi sammit doirasida Markaziy Osiyoning besh davlati: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston prezidentlari bilan ham uchrashadi.
Bu haqda prezidentning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan brifingda ma’lum qildi.
«C5+1 formati aslida 2015-yilda boshlangan. O‘shandan beri u mustahkamlandi. Va biz endi birinchi marta yetakchilar darajasida birlashayotganini ko‘ramiz.
Ilk prezident sammiti yetakchilarga mintaqaviy xavfsizlik, savdo va aloqalar, iqlim o‘zgarishi, boshqaruv va qonun ustuvorligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar kabi qator masalalarni muhokama qilish imkonini beradi», – deydi Sallivan.
Eslatib o‘tamiz, kelgusi haftada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurishni rejalashtirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter