Ayrim toifa talabalarga davlat idoralaridagi stajirovkasi uchun pul to‘lanadi
Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risida nizom tasdqilanyapti.
Ushbu nizom bilan stajirovkani barcha bosqichlarda tashkil etish stajyorning kasbiy faoliyatni o‘zlashtirishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun stajirovka o‘tash ularning individual imkoniyatlari va sog‘lig‘ining holatini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozimligi belgilanadi.
Shuningdek, stajyor uchun sinov muddati belgilanmaydi va stajyorlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishga, shuningdek, ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qolaversa, stajirovka davrida qabul qiluvchi tashkilot bilan mehnat shartnomasi tuzgan stajyorga mehnat qonunchiligi amal qiladi hamda qabul qiluvchi tashkilotda stajyorlarni ishga qabul qilish tashkilotda mavjud bo‘lgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari (lavozimlari) uchun yoki o‘rindoshlik asosida egallab turilgan ish o‘rinlari (shtat lavozimlari) uchun amalga oshiriladi.
Stajyorlarning mehnatiga haq to‘lashda qabul qiluvchi budjet tashkiloti tomonidan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari hisobidan shakllantirilgan mehnatga haq to‘lash fondining tejalgan mablag‘lari hisobidan, boshqa tashkilotlarda esa – o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Agar qabul qiluvchi tashkilotning (stajirovka o‘tash joyi) joylashgan joyi stajyorning yashash joyidan yoki oliy ta’lim muassasasi joylashgan joyidan tashqarida vaqtincha yashashini talab qilsa, stajyorni amaliyot o‘tash joyiga borish va turar joy bilan ta’minlash (uy-joy uchun to‘lov) qabul qiluvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, talabalarning haq to‘lanadigan ishlab chiqarish stajirovkasini tashkil etish natijasida OTM bitiruvchilarining bilim, ko‘nikma, kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarining oshishi hamda bandligi ta’minlanadi, ularning real ishlab chiqarish sharoitlariga kasbiy moslashuvi takomillashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter