Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar daftari»dagi imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi

«Yoshlar daftari»dagi imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Bundan buyon 14-17 yosh oralig‘idagi 3 million nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga ham «Yoshlar daftari»da ko‘zda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xususan, unda nazarda tutilgan imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

Ushbu daftarga kiritilgan farzandlarimizga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming so‘mdan subsidiya beriladi.

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi.

Ularga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming so‘mdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun 12 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollarini sotib olish xarajatini davlat o‘z zimmasiga oladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring