Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim temir yo‘l vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Ayrim temir yo‘l vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Joriy yil 10-oktyabr kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida noyabr oyidan boshlab, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qo‘qon temir yo‘l vokzallari, ularda joylashgan bo‘sh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi.

Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kv.m joy bo‘lib, tadbirkorlar ofis uchun joy, mehmonxona, do‘kon, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishlari mumkin. 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, temir yo‘l vokzallaridagi bo‘sh hududlarni ijaraga olmoqchi bo‘lgan tadbirkorning taklifi o‘rganilib, tanlangan joy «E-auksion» platformasi orqali ijaraga beriladi.

Kompaniya tadbirkorlardan qo‘shimicha ma’luomt olish uchun Jamiyat ma’muriyati bilan bog‘lanishni so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring